Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi
Ozarboyjonni Noxichevan muxtoriyati bilan bog‘laydigan, ammo Armanistonning Eron bilan chegarasi yaqinidan o‘tadigan Zangezur yo‘lagining AQSh nazoratiga berilishiga Tehron keskin qarshi chiqdi.
Eron Kavkaz mintaqasida Amerika yo‘lagi yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydi, dedi Eron oliy rahbari maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Tasnim agentligiga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan Interfax iqtibos keltirdi.
«Bunday yo‘lak AQSh prezidenti Donald Trampning yollanma askarlari uchun maydonchaga aylanadi, ammo Amerika prezidentiga tegishli bo‘lmaydi», dedi u.
Uning eslatishicha, Eron har doim Zangezur yo‘lagini yaratishga qarshi bo‘lgan, chunki bu «mintaqa geosiyosatida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi, chegaralarni kesib o‘tishga xizmat qiladi va Armanistonning parchalanishiga olib keladi».
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 avgust kuni Yerevan va Boku tinchlik kelishuviga erishishga to‘sqinlik qilgan muammoni - ushbu transport yo‘lagidan foydalanish masalasini hal etishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. U Tramp nomi bilan ataladigan bo‘ldi.
«Biz avvalgi muzokaralarni buzgan asosiy masalani hal qildik. Bu deklaratsiyada mustahkamlandi. [Yo‘lak nomi] men uchun katta sharaf - «Trampning xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘li», ammo men buni so‘raganim yo‘q», dedi Tramp.
Amerika yetakchisining tushuntirishicha, «bu maxsus tranzit zonasi» bo‘lib, Ozarboyjonga Armaniston suverenitetini to‘liq hurmat qilgan holda Noxichevan hududiga o‘tish imkonini beradi.
«Armaniston ham ushbu yo‘lakni rivojlantirish uchun Qo‘shma Shtatlar bilan eksklyuziv hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda», dedi Tramp.
Avvalroq, Reuters Vashington Janubiy Kavkazdagi eng muhim transport yo‘lagi Zangezurni nazoratga olishi, bu Boku va Yerevan o‘rtasida kutilayotgan tinchlik kelishuvining bir qismi bo‘lishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026