Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Japarov va Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi
Avvalroq Putin Trampning maxsus vakili bilan suhbatdan so‘ng yetti davlat rahbarlari bilan muloqot qilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Xabar qilinishicha, Putin Rahmonni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi tafsilotlaridan xabardor qilgan hamda Donald Tramp bilan Alyaskada o‘tkaziladigan uchrashuvi haqida bildirib o‘tgan.
O‘z navbatida, Emomali Rahmon Ukrainadagi nizoni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Vladimir Putin shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali muloqot qilgan va Uitkoff bilan olib borilgan muzokaralar haqida ma’lumot bergan.
Avvalroq Trampning maxsus vakili bilan suhbatdan so‘ng Putin yetti davlat rahbarlari bilan suhbatlashgandi (https://kun.uz/kr/news/2025/08/09/putin-uitkoff-bilan-uchrashgandan-song-6-davlat-rahbariga-qongiroq-qildi). U ulardan olti nafariga shaxsan qo‘ng‘iroq qildi: boshqalar qatorida Xitoy, Hindiston va O‘zbekiston rahbarlari bilan telefonda gaplashdi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026