Jahon | 19:43 / 10.08.2025
4114
2 daqiqa o‘qiladi

Putin va Tramp uchrashuvi oldidan Alyaskadagi mehmonxonalarda narxlar ko‘tarildi

Ayrim mehmonxonalarda narxlar qariyb ikki baravarga qimmatlagan.

Foto: Global Look Press

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning bo‘lajak uchrashuvi oldidan Alyaska shtatining Ankorij shahridagi mehmonxonalarda narxlar keskin oshdi. Bu haqda Booking.com bronlash xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, narxlar qariyb ikki baravarga qimmatlagan. 16 avgustga o‘tar kechasi uchun xona ijarasi Hilton Anchorage mehmonxonasida avval 347 dollar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 657 dollarga ko‘tarilgan. Wyndham Garden Anchorage Airport mehmonxonasida bir tunni o‘tkazish 499 dollardan 609 dollarga oshgan. Endilikda The Wildbirch Hotel in JdV by Hyatt mehmonxonasida xona uchun 322 dollar o‘rniga 547 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Hampton Inn Anchorage mehmonxonasida esa xona narxi 352 dollardan 616 dollarga ko‘tarilgan.

Avvalroq Tramp Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishini e’lon qilgandi. Kreml buni tasdiqladi va uchrashuvning asosiy mavzusi Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi bo‘lishini bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid