Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Iroqda bo‘lib turgan Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoni Livanga borishi kutilmoqda.
Eron va Iroq xavfsizlik sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar berdi "Mehr" agentligi.
"Biz Iroq bilan juda muhim mavzu bo‘lgan xavfsizlik borasidagi kelishuvni ishlab chiqdik. Eronning qo‘shnilar bilan munosabatlarida eronliklar xavfsizligi diqqat markazida turadi, lekin shu bilan birga, Eron bu masalada qo‘shni mamlakatlarga ham e’tibor qaratadi", - dedi Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoni Bag‘dodga tashrifi chog‘ida.
Kelishuvni Larijoni va Iroq milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi Qosim al Araji imzolagan.
Larijoni tez orada Iroqdan Livanga yo‘l olishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026