Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi
Barcha, xususan, migratsiya, televideniye, saylov va milliy xavfsizlik sohalarida rasmiy jarayonlar qirg‘iz tilida o‘tkazilishi shart.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda barcha amaldorlar qirg‘iz tilini hukumat belgilagan darajada bilishlari shart.
Shuningdek, qonunda davlat tilidan rasmiy hujjatlarda, reklamalarda, xaritalarda hamda davlat va xususiy muassasalar ishida foydalanish majburiyati kuchaytirilgan.
Barcha, xususan, migratsiya, televideniye, saylov va milliy xavfsizlik sohalarida rasmiy jarayonlar qirg‘iz tilida o‘tkazilishi shart.
Shu yilning 25 iyunida Jogorku Kenesh bu borada tegishli qonunni qabul qilgandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Qirg‘izistonda qirg‘iz tili davlat tili, rus tili esa rasmiy til hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026