Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI va AQSh yetakchilari Ukraina bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy videokonferensiyada ishtirok etish uchun Germaniyaga keldi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen AQSh prezidenti va YeI yetakchilari o‘rtasidagi videokonferensiya yakunlanganini ma’lum qildi.
"Bugun biz AQSh prezidenti Donald Tramp, Yevropa yetakchilari va Volodimir Zelenskiy bilan juda yaxshi suhbat o‘tkazdik. Biz Alyaskada bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama sammit yuzasidan fikr almashdik", - dedi u.
Shuningdek, fon der Lyayyen videokonferensiya ishtirokchilari Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha "umumiy tushunchalarini kuchaytirishgan”ini ma’lum qldi.
Ukraina prezidenti ushbu videokonferensiyada ishtirok etish uchun Germaniyaga keldi va suhbatda kansler Fridrix Mers bilan birgalikda qatnashdi.
"Biz kelgusi uchrashuvlarda Ukraina ham muzokaralar stoli atrofida bo‘lishi kerakligini bildirdik”, dedi Mers videokonferensiyadan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026