Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an muxolifat yetakchisini sudga berdi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Xalq-respublika partiyasi yetakchisini avval ham bir necha marta sudga bergan.
Foto: Anadolu Agency
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muxolif Xalq-respublika partiyasi yetakchisi O‘zgur O‘zelni haqoratda ayblab sudga berdi va ma’naviy zarar uchun 1 mln lira (24,5 ming) tovon to‘lanishini talab qildi. Bu haqda Turkiya rahbarining advokati Husayn Oydin ma’lum qildi.
"13 avgust kuni prezidentimiz nomiga nomaqbul so‘zlar va asossiz ayblovlar bilan chiqqan XRP raisi O‘zgur O‘zeldan ma’naviy zarar uchun 1 mln lira miqdorida tovon puli undirish to‘g‘risida Anqara fuqarolik sudiga da’vo arizasi berildi. Bundan tashqari, prezidentni haqorat qilganlik jinoyati bo‘yicha Anqara prokuraturasiga ariza taqdim etildi", - dedi u.
O‘zel 13 avgust kuni Istanbuldagi chiqishi chog‘ida shu yilning martida shahar meri Ekrem Imomo‘g‘lining korrupsiyada ayblanib hibsga olinishida Erdo‘g‘anni ayblagandi.
Erdo‘g‘an XRP yetakchisini avval ham bir necha marta sudga bergan. Turkiyada prezidentni haqorat qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:24 / 05.01.2026