Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bir nechta davlat bilan falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda – OAV
Janubiy Sudan hukumati Associated Press (AP) agentligining falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi xabariga raddiya berdi va bu xabarni “asossiz” deb atadi.
Isroil Efiopiya, Liviya, Indoneziya va Janubiy Sudan bilan G‘azo sektorini tark etadigan falastinliklarni qabul qilish imkoniyati borasida muzokara o‘tkazmoqda, deb xabar berdi CNN telekanali o‘z manbasiga tayanib.
"G‘azoning 2 milliondan ortiq aholisining bir qismini qabul qilish evaziga bu mamlakatlar sezilarli moliyaviy va xalqaro kompensatsiya olishni ko‘zlamoqda", - deyiladi CNN xabarida.
Shu bilan birga, Janubiy Sudan hukumati Associated Press (AP) agentligining falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi xabariga raddiya berdi va bu xabarni “asossiz” deb atadi.
O‘tgan haftada Indoneziya 2 ming nafar falastinlikni davolanish uchun hamda ular tuzalganidan so‘ng G‘azoga albatta qaytishi sharti bilan qabul qilishga tayyorligini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026