Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Melaniya Tramp Hanter Baydendan 1 milliard dollar tovon puli undirish bilan tahdid qilmoqda
Birinchi xonimning advokati Alexandro Brito Melaniya Trampga "ulkan moliyaviy va ma’naviy zarar yetkazilgan”ini ta’kidladi va Bayden aytgan gaplariga raddiya berishi hamda uzr so‘rashini talab qilib, aks holda sudga berilishini bildirdi.
Foto: Getty images
AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Hanter Baydenning Melaniyani Donald Tramp bilan tovlamachilik va pedofiliya ayblovlari bilan sudlangan marhum moliyachi Jyeffri Eppshteyn tanishtirgani haqidagi so‘zlari uchun sud orqali 1 mlrd dollar undirish bilan tahdid qilmoqda.
Sobiq prezidentning o‘g‘li bu haqda shu oy boshida britaniyalik jurnalist Endryu Kallaganga bergan intervyusida aytgan.
Birinchi xonimning advokati Alexandro Brito Melaniya Trampga "ulkan moliyaviy va ma’naviy zarar yetkazilgan”ini ta’kidladi va Bayden aytgan gaplariga raddiya berishi hamda uzr so‘rashini talab qilib, aks holda sudga berilishini bildirdi.
Prezident va birinchi xonim ularni 1998 yilda Nyu-Yorkda model agenti Paolo Dzampolli tanishtirganini aytib kelishadi.
Epshteyn va Tramp ilgari do‘st bo‘lishgan, lekin 2000 yillarda munosabatlari yomonlashgan.
Jyeffri Epshteyn 2019 yilda qamoqxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
13:29 / 11.10.2025
Melaniya Tramp: Putin ukrainalik bolalar haqidagi maktubga javob berdi
20:39 / 04.10.2025
Melaniya Tramp o‘z dipfeykini taqdim qildi
23:33 / 23.08.2025
Emina Erdo‘g‘an G‘azoda azoblanayotgan bolalar haqida Melaniya Trampga xat yozdi
14:54 / 26.06.2025