Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi
Ma’lumot berilishicha, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan.
Foto: Videodan kadr
18 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, talaba-yoshlar bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
“Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor”, deb yozdi u.
Ma’lumot berilishicha, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan.
“Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti. Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi”, deb ta’kidlagan Hilola Umarova.
Mavzuga oid
18:04 / 03.11.2025
Ayfon narxiga “aqlli it”: Xitoyda Rover X1 robot iti taqdim etildi
19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
17:13 / 14.07.2025
Hilola Umarova vazirlikdan ketdi. U endi PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
09:22 / 23.05.2025