Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya muxolifati yetakchisi Rossiya razvedkasini saylovlarga aralashayotganlikda aybladi
Vengriya muxolif partiyasi yetakchisi Rossiya tashqi razvedka xizmati “Yevropa komissiyasi Vengriyada hokimiyatni almashtirishni xohlayotgani” haqida bayonot berganidan so‘ng ana shunday fikr bildirdi.
Rossiya tashqi razvedka xizmatining bayonotiga ko‘ra, "Yevrokomissiya 2026 yil bahorida Vengriyada hokimiyatni almashtirishni istamoqda”. Razvedkaning fikricha, “Tisa” partiyasi rahbari Peter Madyar Viktor Orbanning o‘rnini egallaydigan asosiy da’vogar hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, uni qo‘llab-quvvatlash uchun “sezilarli miqyosda moddiy, ma’muriy, media va lobbist vositalari yo‘naltirilgan. Germaniyadagi partiya fondlari, Norvegiyadagi huquq tashkilotlari hamda Yevropa xalq partiyasi mablag‘ ajratishga tayyor".
"Bu bayonot Vladimir Putin razvedkasi Vengriyadagi saylovlarga aralasha boshlaganligining yaqqol e’tirofidir", - dedi Peter Madyar Balatonfyureddagi chiqishida.
U Euronews telekanaliga bergan intervyusida “Tisa” partiyasini qo‘llab-quvvatlashini ochiqchasiga aytayotganlar qatag‘onga uchrayotganini aytdi.
Mavzuga oid
21:27 / 05.07.2026
Vengriya prezidenti bosh vazirning talabi bilan iste’foga chiqmasligini aytdi
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026