Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon yong‘inlari Ispaniyaning 50dan ortiq hududini qamrab oldi
To‘rt mingdan ortiq inson evakuatsiya qilingan, o‘n minglab gektar o‘rmonlar olov qurshovida qolgan.
Ispaniya shimoli va janubida mamlakatning 50dan ortiq hududini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.
EFE agentligining xabariga ko‘ra, Kastiliya va Leonda 25ta, Galisiyada 14ta, Asturiyada 12ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan.
Ourense (Galisiya), Leon va Samorv (Kastiliya va Leon), Somedo (Asturiya), Plasensiya (Estremadura) munitsipalitetlarida vaziyat og‘irligicha qolmoqda.
Galisiyada 47 ming gektar o‘rmon yonib kul bo‘ldi. Minglab odamlar evakuatsiya qilingan.
Yong‘inlarni o‘chirishga favqulodda vaziyatlar bo‘yicha harbiy xizmat bo‘linmalari hamda Yevroittifoq tomonidan taqdim etilgan samolyotlar jalb etilgan.
Mavzuga oid
09:35
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026