Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi O‘zbekiston mevalarini Misrga ham eksport qiladi
O‘zbekiston mevalari Misrga eksport bo‘lishiga ham yo‘l ochildi. Mamlakatda yetishtirilgan bir qancha mevalar, shu jumladan yangi uzilgan o‘rik, olxo‘ri va ularning nektari, po‘sti olinmagan yong‘oq va bodomni Misr Arab respublikasiga eksport qilish uchun ruxsat olingan.
Bu bo‘yicha muzokara olib borgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining yozishicha, mahsulotlar jo‘natilishidan avval fitosanitar nazoratdan o‘tkaziladi. Misr uchun alohida karantin ahamiyatiga ega zararkunandalardan xoli ekanligi tasdiqlanganidan so‘ng fitosanitar ruxsatnoma, ya’ni sertifikat rasmiylashtiriladi.
110 milliondan ortiq aholiga ega Misr hamda uning qo‘shnilari, umuman Yaqin Sharqda mevaga bo‘lgan ehtiyoj doim bor va yildan yilga oshib bormoqda. Shu bois Misr har yili yuz minglab tonna yangi uzilgan mahsulotlarni import qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda O‘zbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulot eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olingan.
Yangi turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatlar olinishi O‘zbekiston uchun eksport geografiyasini kengaytirish, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga kirish uchun «ko‘prik» yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mavsumiy sotuv davrini uzaytirish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026