Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyulda uy-joy bozorida faollik 25 foizga o‘sdi – ITIM
Toshkent shahrida oldi-sotdi bitimlari ko‘payganiga qaramay, narxlar pasaygan. Yillik hisobda ikkilamchi bozorda uy-joy narxi 3,2 foiz, birlamchi bozorda esa 0,9 foizga arzonlashgan. Ijara narxi barqaror saqlanib, bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 8 dollarni tashkil etyapti.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda iyul oyida uy-joy savdosi hajmi o‘tgan oyga nisbatan 25 foiz, yillik hisobda esa 14,2 foizga oshdi, deya xabar qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Qayd etilishicha, bu so‘nggi davrlardagi eng yirik oylik o‘sish ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlari uy-joy bozorida faollik oshgan. Eng sezilarli o‘sish Surxondaryo (41 foiz), Sirdaryo (35,3 foiz) va Qashqadaryo (33,7 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Toshkent shahrida esa uy-joy bozori faolligi 24,6 foizga o‘sgan.

Ikkilamchi uy-joy bozori
Iyul oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha qiymati o‘sishi tezlashdi. Iyun oyidagi 0,3 foiz o‘sishdan so‘ng, iyul oyida ko‘tarilish 1,7 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda esa narxlar 3,3 foizga oshgan.
Hududlar kesimida 2024 yilning iyul oyidan buyon uy-joy narxlarida eng katta o‘sish Jizzax (15,2 foiz), Surxondaryo (14,1 foiz) va Xorazm (9,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Poytaxt ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat
Iyul oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida yillik pasayish tendensiyasi saqlangan holda, narxlarda o‘rtacha o‘sish qayd etilgan.
Oy davomida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,8 foizga oshgan. Yillik hisobda 2024 yilning iyul oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joy narxlari 3,2 foizga, birlamchi uy-joylar narxi esa 0,9 foizga pasaygan.
Ikkilamchi uy-joylarning eng katta pasayishi Mirzo Ulug‘bek (8,2 foiz), Yashnobod (4,5 foiz) va Yunusobod (4,2 foiz) tumanlarida kuzatilgan.
Birlamchi uy-joy narxlarida eng sezilarli pasayish Uchtepa (8,8 foiz), Yunusobod (6,7 foiz) va Shayxontohur (4,7 foiz) tumanlarida qayd etilgan.

Toshkent shahrida ijara bozori
Iyul oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida barqarorlik kuzatildi. Ijara narxi barqaror saqlanib, bir kvadrat metr uchun 8 dollarni tashkil etdi.
Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,3 dollar.
Yillik hisobda Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 2,8 foizga arzonlashgan. Eng sezilarli pasayish Uchtepa, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:24 / 06.12.2025
O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolari soni bir yilda qariyb 5 mingga ko‘paydi
09:44 / 06.12.2025
Toshkent shahri telekom xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025