Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Prezidenti Tanzila Norboyevani orden bilan mukofotladi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lib turibdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart-To‘qayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevani 2-darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev va Parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashuvlar o‘tkazgan Tanzila Norboyeva Qozog‘iston prezidenti qabulida ham bo‘ldi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish kontekstida Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qosim-Jomart To‘qayev Tanzila Norboyevaning ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi hamda ikki tomonlama strategik hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun uni 2-darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026