Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIO boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi bevosita mahallada tashkil etiladi
Ularning kundalik ishi mahallada boshlanadi va yakunlanadi. Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mahalladagi jamoat joylari, ko‘p qavatli turarjoy va uylar oldida «Tashvish» tugmalari o‘rnatiladi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror bilan «Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar» Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Konsepsiyaga ko‘ra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi 2025 yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan o‘sha yerda amalga oshiriladi.
Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ijtimoiy profilaktika obektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida «mahalla yettiligi» tomonidan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi «mahalla targ‘ibotchisi» jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.
Mahalladagi jamoat joylari, ko‘p qavatli turarjoy va uylar oldida «Tashvish» tugmalari o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026