Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» tashkil etishga oid talablar belgilandi
Infratuzilmaviy talablar qatoriga ko‘chalarning yoritilishi, texnik kuzatuv vositalari o‘rnatilishi va boshqalar kiradi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror bilan «Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda «namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» tashkil etish» bo‘yicha talablar tasdiqlandi.
«Namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» tashkil etishga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:
- tungi vaqtda ko‘chaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi to‘liq yoritilishi;
- berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan qorong‘u hududlarning qisman yoritilishi;
- transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;
- ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;
- qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi.
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda «namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» tashkil qilish bo‘yicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan «yo‘l xaritalariga» manzilli kiritiladi.
«Mahalla yettiligi» tomonidan «namunali xavfsiz ko‘cha» boshi va oxiriga, shuningdek, «namunali xavfsiz uy»ga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stiker o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
15:37 / 05.12.2025
Mahallalar holati «Hokimiyat monitori» orqali real vaqtda nazorat qilinadi
13:18 / 05.12.2025
O‘zbekistonda 300 ta mahallada quyosh stansiyalari o‘rnatiladi
00:21 / 30.11.2025
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar uchun rag‘batlar e’lon qilindi
17:57 / 19.11.2025