Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident eksport qarzdorligiga moratoriy e’lon qildi
Savdo-sanoat palatasida o‘tgan ochiq muloqotda tadbirkorlar qarzni bir necha oyga kechiktirishni so‘ragan edi. Prezident esa so‘ralganidan ham kengroq yengillikni e’lon qildi: eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirish bir yilga to‘xtatildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni vaqtda Tadbirkorlar kuni munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tmoqda.
Uchrashuvda davlat rahbari davlat ulushi bo‘lmagan korxonalarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy e’lon qildi.
Bu masala 4 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ko‘tarilgan edi. Tadbirkorlar qarzni 2-3 oyga kechiktirishni so‘ragan, prezident esa bir yillik to‘liq moratoriyni tasdiqladi. Natijada, tadbirkorlar so‘ragan imkoniyatdan ham kengroq va tizimli yechim qabul qilindi.
Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazildi. “Koll-markaz” orqali ham 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
Mavzuga oid
15:15 / 09.02.2026
O‘zbekiston eksportida Rossiya va Xitoy yetakchi bozorlar bo‘ldi
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
11:06 / 03.02.2026
O‘zbekistondan Pokistonga anor, uzum va olxo‘ri eksporti bo‘yicha talablar belgilandi
11:33 / 27.01.2026