Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Turkmaniston – Xorazm – Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston” yo‘nalishida turistik halqa ishlab chiqildi
Yo‘nalish doirasida YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hamda milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega 15 dan ortiq obekt qamrab olingan.
Transchegaraviy hamkorlik doirasida yangi turistik yo‘nalish — “Turkmaniston – Xorazm – Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston” yo‘nalishidagi turistik yo‘lak-halqa ishlab chiqildi.
Turizm qo‘mitasi tegishli tashkilotlar hamda xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishni sayyohlar uchun qulay, mazmunli va madaniy boy kontentga ega qilib shakllantirdi.
Yo‘nalishda sayyohlar har bir mintaqaning milliy taomlari bilan tanishish, tabiiy go‘zalliklar va landshaftlar bag‘rida dam olish, xalq urf-odatlari, an’analari va hunarmandchilik namunalari bilan tanishish, muqaddas qadamjolar va tarixiy-ma’naviy obidalarni ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yo‘nalish doirasida YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hamda milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega 15 dan ortiq obekt, jumladan, Turkmanistonda Qadimgi Marv shahri, Darvoza gaz krateri, Ko‘hna Urganch, Xorazmda Ichan qal’a, Dishan qal’a, Qoraqalpog‘istonda Savitskiy muzeyi, Qizil qal’a, Chilpiq qal’a, Sulton Uvays Bobo ziyoratgohi, Tuproq qal’a, Ayoz qal’a va Qozog‘istonda Torish vodiysi, Bo‘zjira vodiysi, Shaqpaq Ota maqbarasi, Sherqal’a tog‘i qamrab olingan.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026