Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyga parvoz qilish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aviatashuvchilari soni 8 taga yetkaziladi
Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo-Xitoy (S5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Xitoy fuqaro aviatsiyasi administratsiyasi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokara davomida ikki mamlakat o‘rtasida kelishilgan aviaqatnovlar sonini 130 tagacha oshirish, O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun ruxsat berilgan Xitoy shaharlari sonini ko‘paytirish, shuningdek, yo‘lovchi va yuk tashishda Xitoyga parvoz qilish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aviatashuvchilari sonini 8 taga yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli hujjat imzolandi. Mazkur hujjat Xitoy tomoni o‘zining ichki kelishuv jarayonlarini tugatganidan so‘ng kuchga kiritilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 18.07.2026
Xitoy - AJDARHO UYG‘ONDI | SUBYEKTIV
08:55 / 18.07.2026
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026