Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston kripto tarmoqlariga qarshi AQSh va Buyuk Britaniya sanksiyalari joriy qilindi
Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun yordam berayotgan moliyaviy kompaniyalarga qarshi cheklov choralari ko‘rildi.
Britaniya hukumati Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun yordam berayotgan moliyaviy kompaniyalarga, jumladan, Qirg‘iziston kriptovaluta tarmoqlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Qayd qilinishicha, Rossiya Qirg‘iziston moliya sektori va kripto tarmoqlarini shaffof bo‘lmagan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun jalb qilgan.
Sanksiyalar uch nafar jismoniy va besh nafar yuridik shaxsga nisbatan qo‘llangan. Jumladan, Capital Bank va uning direktori Kantemir Chalbayev, shuningdek, A7A5 yangi rubl tokeni infratuzilmasiga jalb qilingan Grinex va Meer kriptovaluta birjalari bor. Britaniya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu token to‘rt oy ichida 9,3 milliard dollarlik operatsiyalarni amalga oshirgan va G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun maxsus yaratilgan.
Qirg‘iziston moliyaviy tuzilmalaridan tashqari, Lyuksemburgning Altair Holding kompaniyasi ham Britaniya sanksiyalari ostida qoldi. Londonga ko‘ra, u Rossiya moliya sektorida biznes bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni nazorat qilish orqali Rossiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘z navbatida, AQSh ham Grinex kriptovaluta birjasiga qarshi sanksiyalar joriy qilib, uni 2022 yilda qora ro‘yxatga kiritilgan Rossiyaning yopiq Garantex kriptobirjasining «merosxo‘ri» deb atadi. AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Garantex kiberjinoyatchilarga yordam bergan va 100 million dollardan ortiq noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirgan, Grinex esa sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun yaratilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026