Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”da ayrim tumanlarning ovoz berish bosqichidagi ishtiroki cheklanadi
Oltinko‘l va Ulug‘nor tumanlarida loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz ravishda rad etilganligi yuzasidan ishonch raqamiga fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining bildirishicha, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 22 263 ta loyiha kelib tushgan bo‘lib, shulardan 18 656 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan.
Ma’lumot berilishicha, Oltinko‘l va Ulug‘nor tumanlarida loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz ravishda rad etilganligi yuzasidan ishonch raqamiga fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan me’zonlarga asosan qayta ko‘rib chiqish yuzasidan xatlar yuborilgan bo‘lsada, tegishli tuman ishki komissiyalari tomonidan loyihalar qayta ko‘rib chiqilishi ta’minlanmagan.
“Shu munosabat bilan, loyihalarni saralash bosqichida amaldagi me’zonlarga rioya etilmaganligini inobatga olib, fuqarolardan kelib tushgan shikoyat va e’tirozlar asosida Ulug‘nor va Oltinko‘l tumanlarida tashabbusli budjetning 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘tkazilmaydi”, deyiladi vaxirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 19-21 avgust kunlari 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkazildi. 22 avgustdan 31 avgustga qadar esa loyihalarga ovoz beriladi.
Mavzuga oid
12:16 / 15.07.2026
“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi boshlandi
11:08 / 07.07.2026
«Tashabbusli budjet»ning 11-mavsumi 15 iyuldan start oladi
17:35 / 30.06.2026
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
11:10 / 21.03.2026