Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu G‘azoni nazorat etish va HAMASni yo‘q qilish rejalarini tasdiqladi
Shuningdek, barcha garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan muzokaralar boshlashni buyurdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Mudofaa armiyasining (IDF) G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatish va HAMASni yo‘q qilish rejalarini tasdiqladi. Bu haqda 21 avgust kuni Isroil bosh vaziri devoni maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat rahbari Isroil urushni davlat uchun maqbul shartlarda yakunlashga qat’iy qaror qilganini ta’kidlagan va bir vaqtning o‘zida barcha garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan muzokaralar boshlashni buyurgan.
«Biz hal qiluvchi bosqichga kirmoqdamiz. HAMASni tor-mor qilish va garovga olinganlarni ozod qilish - yonma-yon boradigan ikki vazifa», dedi bosh vazir.
Qayd etilishicha, Netanyahu, shuningdek, zaxiradagilar va muntazam armiya harbiy xizmatchilariga «bu muhim missiyani bajarishga tayyorligi va fidoyiligi uchun» chuqur minnatdorlik bildirgan.
Avvalroq OAV Isroil yangi aholi punktlarini qurish rejasini ma’qullagani, ba’zilarning fikricha, bu Falastin davlati g‘oyasini ko‘mib tashlashi mumkinligi haqida xabar bergan edi. E1 loyihasi G‘arbiy qirg‘oq va Sharqiy Quddusni ajratib, Quddus va Maale-Adumim aholi punkti o‘rtasida qurilishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026