Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Zelenskiy ofisiga «Oreshnik» bilan zarba berishga rozi bo‘lmagan – Lukashenko
Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Putin bu taklifga “aslo” deb javob bergan.
Foto: belta.by
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Oreshnik» raketasi bilan Bankovaya ko‘chasiga (Kiyevdagi Ukraina prezidenti ofisi joylashgan ko‘cha) zarba berish taklifiga rozi bo‘lmagan, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
«Insayder ma’lumoti. Rossiyada kimlardadir shunday g‘oya bor edi. Kimligini aytmayman. Putin bu taklifga «aslo» deb javob berdi. Ular zarba berishga tayyor edilar. Agar «Oreshnik» bilan zarba berilganida, ularning ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, qaror qabul qilish markazlaridan nom-nishon qolmasdi», — dedi Lukashenko.
Avvalroq Lukashenko 2025 yil oxiriga qadar Belarus hududida «Oreshnik» raketa majmuasini joylashtirish rejalashtirilganini aytgandi.
«Oreshnik» — o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa. Uning maksimal parvoz masofasi 5500 km, tezligi 10 Max (soatiga 12,4 ming km) bo‘lib, 900 kilogacha yadro zaryadini tashishi mumkin.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
15:42 / 20.03.2026
AQSh maxsus vakili: Lukashenko AQShga tashrif buyurishi mumkin
12:31 / 20.03.2026
Lukashenko 250 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi
11:35 / 13.03.2026