Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Ukrainaga harbiy kontingent jo‘natmasligi ma’lum qilindi
Alyans harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragonening qayd etishicha, "harbiy kontingent masalasi alohida mamlakatlar tomonidan ikki tomonlama asosda ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin".
NATO doirasida Ukrainaga harbiy kontingent jo‘natish masalasi muhokama qilinmayapti, deb ma’lum qildi alyans harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragone.
"Bunday masalalar xalqaro siyosat va Moskva bilan muzokaralarning bir qismi hisoblanadi. Biz bularni NATOda umuman muhokama qilmadik, hattoki bu masalalarga sha’ma ham qilinmadi", - dedi Dragone Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, "harbiy kontingent masalasi alohida mamlakatlar tomonidan ikki tomonlama asosda ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin".
18 avgust kuni Tramp AQSh qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo bir kun o‘tgach, bu niyatidan voz kechib, buning o‘rniga Yevropa qo‘shinlariga havodan yordam berishga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026