Jahon | 22:00 / 23.08.2025
1960
1 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy migrantlar va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun AQShning 19 shtatiga milliy gvardiya kuchlari yuboriladi

Ma’lumot berilishicha, eng ko‘p kuchlar Texasga jo‘natiladi.

Foto: EPA/ JOHN TAGGART

AQSh milliy gvardiyasining 1700ga yaqin askari noqonuniy migrantlar va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun 19ta shtatga yuboriladi. Bu haqda Fox News telekanali Pentagondagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumot berishicha, eng ko‘p kuchlar Texasga jo‘natiladi. Bundan tashqari, Aydaho, Ayova, Alabama, Arkanzas, Vayoming, Virjiniya, Jorjiya, Indiana, Luiziana, Nebraska, Nevada, Nyu-Meksiko, Ogayo, Tennessi, Florida, Janubiy Dakota, Janubiy Karolina, Yuta shtatlarida milliy gvardiyachilar joylashtiriladi.

Hukumat milliy gvardiyachilar noyabr o‘rtalariga qadar ichki xavfsizlik vazirligiga yordam berishini ko‘zlamoqda.

Prezident Donald Trampning farmoyishiga muvofiq, 13 avgustdan boshlab Vashingtonga milliy gvardiya bo‘linmalari yetib kelgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, gvardiyachilar poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid