Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaga «do‘stona bo‘lmagan davlatlar» yo‘qligini aytdi
Shuningdek, AQSh bilan munosabatlar tiklanishiga umid bildirdi.
Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin atom sanoati korxonalari vakillari va olimlar bilan uchrashuvda Rossiyaga «do‘stona bo‘lmagan davlatlar» yo‘qligini aytdi.
«Bizda do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar yo‘q, ba’zi davlatlarda do‘stona bo‘lmagan elitalar bor», deb aniqlik kiritdi u.
Putinning ta’kidlashicha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar hozir juda past darajada. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng, muloqotni yaxshilash va «tunnel oxirida yorug‘likni ko‘rish» imkoniyatiga umid paydo bo‘lgan. Putinning ta’kidlashicha, Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarni to‘liq tiklashga umid qilmoqda. Xususan, Moskva va Vashington Arktika va hatto Alyaskada hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.
Davlat rahbari Arktikada tabiiy resurslarning katta zaxiralari mavjudligini, Rossiya esa bu mintaqani allaqachon faol o‘zlashtirayotganini eslatdi.
«Yevropalik ham, osiyolik ham, darvoqe, amerikalik hamkorlar bilan ham bu sohada birgalikda ishlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz», dedi u. Shu bilan birga, Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya ega bo‘lgan texnologiyalar bugungi kunda go‘yoki «hech kimda yo‘q».
«Bu esa hamkorlarimiz uchun qiziqish uyg‘otadi. Jumladan, Qo‘shma Shtatlarda ham», dedi u.
O‘tgan hafta Reuters manbalarga tayanib, Amerika rasmiylari Alyaskada gaz va suyultirilgan gaz qazib olish loyihalari uchun Rossiya atom muzyorar kemalaridan foydalanish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
22:54 / 30.03.2026
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
22:35 / 30.03.2026
“U aqldan ozgan” – millionlab amerikaliklar Trampga qarshi bosh ko‘tardi
21:33 / 30.03.2026
Eronning arzon dronlari qanday qilib urush olib borish usullarini o‘zgartiryapti?
11:55 / 30.03.2026