Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Silk Avia bir qancha mahalliy qatnovlarni 2 oyga to‘xtatdi
Aviakompaniya buni texnik sabablar bilan izohladi. Yo‘lovchilar xarid qilingan chiptalar uchun mablag‘larni qaytarib olishi mumkin.
Silk Avia aviakompaniyasi O‘zbekistonning bir qator shaharlariga mahalliy reyslarni 2 oyga bekor qildi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, sentabr va oktabr oylarida bir qator reyslar «texnik sabablarga ko‘ra» to‘xtatiladi:
- US753/754 Toshkent — Termiz — Toshkent aviaqatnovi;
- US757/758 Toshkent — Termiz — Toshkent aviaqatnovi;
- US501/502 Toshkent — Namangan — Toshkent aviaqatnovi;
- US801/802 Toshkent — Buxoro — Toshkent aviaqatnovi;
- US401/402 Toshkent — Farg‘ona — Toshkent aviaqatnovi;
- US851/852 Toshkent — Navoiy — Toshkent aviaqatnovi.
Yo‘lovchilar ilgari xarid qilingan chiptalar uchun pul mablag‘larini to‘liq qaytarib olishi yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda aviakompaniyaning boshqa yo‘nalishlariga qayta band qilish xizmatidan foydalanishi mumkin.
Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster aviakompaniya bo‘lib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boshlagan. 2023 yil oktabr oyida prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026