“Tong otişini emas, tezroq ölişni kutib yaşaşyapti”: oçlik va uruş dahşati haqida ğazoliklar hikoyasi
|23:35 / 25.08.202520 55315 min
Ğazoda uruş boşlanganiga 686 kundan oşdi. Bu vaqt oraliğida bombardimonlar, oçarçilik, talonçilik va tibbiy yordam yetişmovçiligi oqibatida 63 mingdan ortiq odam halok böldi. Ayni vaqtda bölmada millionlab insonlar oziq-ovqat, toza suv va xavfsiz boşpanadan mahrum holda kun keçiryapti, bolalar esa oçlikdan qiynalib, rivojlanişdan töxtab qolyapti. Dorilar va tibbiy asbob-uskunalar tanqis, jarohatlanganlarni davolaş uçun şaroit nolga teng. Kun.uz muxbiri uyiga bomba tuşişi oqibatida 8 nafar farzandi yonib ketgan, 50 nafar qarindoşi borbardimon paytida birdaniga vafot etgan, portlaş vaqtida eşitiş va köriş qobiliyatidan ayrilgan ğazoliklar bilan suhbatlaşdi. Respondentlar uruşning ilk kunlari, notinç vaziyatda qanday hayot keçirgani va Özbekistonda ularga körsatilgan yordam haqida gapirib berdi
Ğazo şahrining markazida rafiqasi va 6 nafar farzandi bilan farovon yaşagan Mahmud Naim uruş boşlanganidan keyin dahşatli kunlarga guvoh böldi. Uruşning dastlabki kunlarida u joylaşgan hudud nisbatan tinç bölgan bölsa-da, keyinroq uning mahallasiga ham bombalar yoğila boşladi. Portlaş vaqtida Mahmud Naim yertölaga qoçişga ulgurmay, oğir jarohat oldi, quloqlari eşitmay qolib, oyoq va belining içki tomoni jiddiy şikastlandi. Şifoxonada davolaniş vaqtida ham uruş tahdidlari davom etdi, oxir-oqibat u avval Misrga, söngra Özbekistonga jönab, bir neça oy davomida soğliğini tiklaşga majbur böldi.
Mahmud Naim Habuş:
“Ğazo markazidagi gavjum hududda yaşardim. Uruş boşlanişidan oldingi hayotim farovon bölgan: bozor va supermarketlarda savdo qilar, tadbirkorlarga xomaşyo yetkazib berardim. 5 xonali uyim bor, oilamning rizqi but, hammasi gözal edi. U yerda rafiqam va 6 nafar farzandim bilan istiqomat qilardik.
Uruşning dastlabki 10 kunini yaxşi eslayman. Öşa kunlarda bizning hudud nisbatan tinçroq edi, hali bomba bizgaça yetib kelmagan, bombardimonlar avjiga çiqmagandi. Ammo şunga qaramay, köplab işxonalar yopilgan, hayot asta-sekin töxtab borardi.
Esimda, bir kuni dökonga bordim va qölimdagi bor pulimga oilam uçun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oldim. Yölda juda ehtiyotkorlik bilan qaytardim. U yerdagi köngilni xira qiluvçi manzara hanuz yodimdan çiqmaydi: joni uzilgan, lekin hali kömilmagan murdalar yölaklarda yastanib yotardi. Havoda ham, köçada ham ölik hidi anqib turardi.
Uruşning 11-kuni esa biz uçun dahşatli buriliş böldi. Öşa kuni mahallamizga birinçi marta bombalar yoğildi. Odatda, bunday holatda ğazoliklarning jon saqlaş yöli uylarining tagidagi yertölaga yaşirinib oliş böladi. Bombardimon ovozi eşitila boşlagaç şoşilib, hovlimizdagi narsalarni yiğiştirdim-u, uyga taşidim. Lekin… lekin özim bomba yonimga kelib tuşgunça yertölaga qoçişga ulgurmadim... butun boşli mahallamiz portlab ketdi…. Quloqlarim bomba ovozidan bitib, eşitmay qoldim… oyoğim va belim içki tomondan jiddiy jarohat oldi. Köz öngimda osmon yorildi, yer larzaga keldi… bombaning bir bölagi boşimga tegib, huşimdan ketdim. Şundan keyin nimalar bölganini yaxşi eslolmayman.
Mavzuga oid
Közimni oçganimda allaqaçon şifoxonada edim. Meni Ğazoning maşhur “Aş-Şifo” kasalxonasiga joylaştirişdi. U yerda bir neça kun davolandim. Ammo köp ötmay, Isroil askarlari şifoxonani qurşab olişdi. Tahdidlar, bosimlar boşlandi. Şifoxona mudiri yonimga kelib: “Agar şu yerda qolsangiz, keyingi hayotingiz nogironlikda ötadi. Sizni Yevropaga, tibbiy xizmat yaxşiroq körsatiladigan joyga yuborişimiz kerak”, dedi.
Ammo afsuslar bölsinki, Yevropaning eşiklari biz uçun yopiq edi. Oxirgi imkoniyat sifatida men Misr çegarasiga yöl oldim. U yerda meni uzoq davolaşdi. Bir neça oy davomida kuçli oğriqlar bilan yaşab, asta-sekin oyoqqa tura boşladim. Soğayganimdan söng, şifoxonadan çiqib, oddiy bir mehmonxonaga joylaşdim.
Oradan köp ötmay, Misr Soğliqni saqlaş vazirligidan vakillar kelib: “Sizning oldingizda bir qança mamlakatlarga çiqiş imkoniyati bor, qaysi birini tanlaysiz?” deb söraşdi. Röyxatda Özbekiston ham bor edi. Internetdan mamlakatingiz haqidagi ma’lumotlarni izladim. Bu yurt aholisining asosiy qismi musulmonligini bilganimdan söng, “demak, u yerda men özimni begonadek his qilmayman, qadriyatlarimga mos odamlar orasida kuç keçiraman”, degan maqsadda Özbekistonga yuborişlarini söradim”, – deydi u.
12 nafar farzandni dunyoga keltirgan Fotima Saloh uruş boşlanişi bilan barça narsasini yöqotdi. Uyiga bomba tuşib, hovlisi, maşinasi, dorixonasi vayron böladi. Eng oğir azob esa farzandlaridan ayriliş edi: uning sakkiz nafar dilbandi va uç nafar nabirasi portlaşda vafot etadi. Har kuni u ularning yöqligini eslab yiğlaşini ta’kidlaydi.
Abu Majda Atayya:
“Ğazoning şimolida joylaşgan Şayx Radvonda yaşardik. 7 oktyabr kuni bizga “Uyingizni tark etinglar”, deb dronlardan xat taşlaşdi. Majbur bölib boşqa öğlimning uyiga bordim. Uç oyça şu yerda yaşadik. Oçarçilik boşlandi. Har kuni bomba, bomba, bomba... Ertalabdan keçgaça faqat portlaş ovozi. Ovqat bölsa yerdik, bölmasa oç qoringa uxlardik. Hatto kimdir bizdan ovqat sörab kelsa ham, “yöq” deyişga majbur bölardik. Aks holda özimiz oç qolib ketardik.
Bir kun yaşayotgan uyimizni portlatişdi. Men çetroqda edim. Farzandlarim esa uyning narigi burçagida. Öşanda ularning 8 nafari birvarakayiga vafot etdi. Portlaşdan keyin hamma har tarafga soçilib ketdi: kimdir çalajon bölib, tanasi yaralangandi, kimdir joyida öldi. Tibbiy yordam juda keç keldi... 10 daqiqaga yetmay hammalari jon taslim qilişdi. Hovlimiz, maşinamiz, dorixonamiz birdaniga portlab ketdi… bir zumda hamma narsamiz kulga aylandi. Uç nafar nabiramdan ham ayrildim. Ikkinçi qizimning atigi 9 oylik çaqaloği bor edi... yana bir öğlim endigina ikki marta universitetga borişga ulgurgandi… eh, har kuni yiğlayman... farzandlarimni soğinib yaşayapman. Ular öldi... ular bilan men ham birga öldim, tanam tirik xolos. Ularning hammasi endi yöq...
Farzandlarim beş kun közim oldida hovlida hattoki oq surpga öralmagan holda yotişdi. Har kuni ertalab turib, yiğlab-yiğlab içkariga kirib ketardim. Beş kun yordam kelişini kutdim… lekin heç kimdan najot topilmadi. Keyin amakisi öşa joyni tozalab, yerni kovlab, hammasini bir joyga kömdi. Şunga majbur böldik, boşqa ilojimiz yöq edi. Köçaga çiqiş mumkin emas, yölaklarda ham öliklar yotardi.
Har safar bomba tuşganda ovoziga quloğimiz şanğillab, bitib qolardi. Bir kun bizning yaşaş joyimizga yaqinroq hududda portladi. Ovoz şunçalik baland ediki, quloğim kar bölib qoldi, belim qotib, tişlarim ham tökilib tuşdi. Tibbiy yordam deyarli bölmadi. Çegara oçilganda, tibbiy yordamga muhtojlikni tasdiqlovçi hujjat bilan Ğazodan çiqib ketdim”, – deydi Majda Abu Atayya.
Respondentlarning aytişiça, Ğazoda ayni vaqtda odamlar oçlik va talonçilik avjiga çiqqan şaroitda yaşamoqda. Gumanitar yordam yetib kelsa ham talonçilar oziq-ovqat va resurslarni kuç işlatib tortib oladi, natija köp mahsulot oddiy fuqarolargaça yetib bormaydi. Şu sababli non va unning narxi misli körilmagan darajada oşgan: bir dona non $30, bir kilo un esa $100 dan qimmat bölib ketgan, deydi ular.
Fotima Saloh:
“Biz uruşda “jahannamdan ham battar” kunlarni kördik. Payti kelib, oçlikdan yerdagi ösimliklarni ham yedik. Eng yomon holat – keçqurun hammamiz uxlaganimizda qörquvdan uyqu bölmasligi edi. Çunki köz öngimizda bolalarni otib taşlaşardi, odamlarni piçoqlaşardi. Qölida oxirgi nonini yeb ötirgan odamdan yemişini tortib olib, öldirişardi. Uylarimizga bomba taşlanardi. Daraxt, barg, öt – nima bölsa ham odamlar oçlikdan şularni yeb kun körardi. Hozir u yerda na daraxt, na barg, na öt qolgan. Yaşillik bombalar ta’sirida yöqolib ketgan.
Şularni eslaşning özi qiyin, gapirib beriş undan ham qiyin… Bizning bir neçta uyimiz bor edi, hozir heç biri yöq. Şaharda na maktab, na boğça, na markazni körasiz – hammasi vayron qilindi. Bolalarning kelajagini, hayotini tortib olişdi. Bu – biz uçun eng oğir dard. Öşa paytlarda biz deyarli tiriklayin öldik.
Hozir u yerdagilar qanday yaşayotganini tasavvur ham qila olmaysizlar. Ular yaşaşni emas, ölişni orzu qilişadi. Şahid bölib ketişni istaşadi. Oçlikdan öliş eng oğir azob. U azoblarni bu yerda ötirib tasvirlab beriş juda qiyin”, – deydi u.
Mahmud Naim Habuş:
“Ijtimoiy tarmoqlarda Ğazo haqida yozilayotgan xabarlarni deyarli öqimaslikka harakat qilaman. Çunki bu men uçun çidab bölmas darajada oğir. Öşa yerda, ya’ni uyimizda, uruş öçoğida ayolim va uç nafar farzandim qolgan. Ularni öylaş yuragimni öyib yuboradi. Közimni yumsam ham, oçsam ham faqat bir savol aylanadi: “hozir ular tirikmikan? Bombalar ostida qanday kun keçiryaptikan?” Haa… şunday iztiroblar bilan tong ottiraman. Ba’zan butunlay uxlay olmayman, şuning uçun yotişdan oldin uyqu dorisi içaman. Balki uzoqroq uxlasam, bir neça soatga bölsa ham dardimni unutarman, yuragimdagi oğirlik yengillaşar degan maqsadda.
Xabarlarni körmayman, yangiliklarni öqimayman. Faqat oilamdan keladigan qisqa qönğiroqlarga umid bilan yaşayman. Ğazoda internet juda yomon işlaydi, köpinça 2–3 kunda bir marta zörğa ulana olaman. U ham uzoqqa çözilmaydi, atigi 5-10 daqiqa atrofida. U yerda odamlarga internetni kuniga 20 daqiqagaça berişadi. Öşa qisqa lahzalarda bolalarimning ovozini eşitişga omad kulsa ulguraman, bölmasa, dardimni içimga yutib, kutişda davom etaman.
Hozirgi kunda Ğazoda oç qoliş eng katta muammolardan biriga aylandi. U yerda ayni vaqtda jon saqlayotgan odamlarning qölidan keladigan yagona narsa — kutiş. Kimdandir yordam kutiş, taqdiridan yaxşilik kutiş... Ba’zida askarlar gumanitar yordam olib kelib berişadi. Ammo köçalardagi qurolli guruhlar, oçlikdan devonavor bölib qolgan odamlar, ayniqsa, talonçilar gumanitar yordamni oddiy fuqarolar qölidan yölda yulvolib olib qöyişadi – xohlasa urib, xohlasa öldirib….Şuning uçun xonadonlargaça oziq-ovqat har doim yetib bormaydi.
Bolalar suv yoki bir parça non uvoğini yeb uxlaşga majbur. Bu manzarani tasavvur qilsam, tomoğimdan heç narsa ötmaydi. Ba’zan bir qoşiq ham ovqat yeyolmay ötirib qolaman, öylasam, tomoğimga suyak tiqilgandek bölaveradi… Tanam bu yerda, ammo butun borliğim, hayolim, aqlim va qalbim — Ğazoda. Oila a’zolarimning oçlikdan qiynalayotgani, qörquv va iztirobda yaşayotgani meni har kuni iç-içimdan parçalaydi.
Çodirlarda yaşayotgan odamlar talonçilarning qöliga tuşib qolmaslik uçun yer ostidan joy qazib olişgan. Ular kelayotganini körişsa, hamma tezda yer tagiga tuşib ketadi, ketgandan keyin çiqişadi.
Marodiyorlar oddiy xalqning noni böladimi, unimi yoki ozroq xomaşyosi, yeydigan nima topsa hammasini kuç bilan tortib oladi. Xohlasa uradi, xohlasa öldiradi. Keyin öşa olib qöyilgan mahsulotlarni juda qimmat narxda sotadi. Hozir Falastinda oddiy nonning narxi misli körilmagan darajada baland bölib ketgan.
Odamlar oçlikdan qiynalib yotibdi, talonçilar esa bundan pul qilmoqda. Eng oğriqli joyi şundaki, xalqning oxirgi luqmasi ham talanmoqda, inson hayoti esa qadrsiz”, – deydi Mahmud Naim.
2024 yilning dekabr oyida 100 nafar falastinlik Rafahdan Özbekistonga evakuatsiya qilindi. Söngra ular davolaniş va soğliqlarini qayta tiklaş uçun reabilitatsiya markazlari, şifoxonalarga joylaştirildi. Respondentlar ularga yaratilgan şaroit va körsatilgan e’tibor borasida ham öz fikrlari bilan bölişdi.
Mahmud Naim Habuş:
“Bu yerga kelganimizda xalqingiz bizni katta hurmat va mehr bilan kutib olişdi. Salomatligimizni tiklaş uçun muolajalar qilişdi. Tibbiy xizmatlar sifati yaxşi ekan. Men uçun Özbekiston xavfsiz boşpana böldi. Bu yerni juda yaxşi köraman. Butun xalqingizga çin dildan minnatdorçilik bildiraman. Imkonim bölganida, albatta, oilamni ham şu yerga olib kelib, yaşagan bölardim. Afsuski, hozir buning iloji yöq. Men Özbekistonga faqat yaxşilik va tinçlik tilayman. Özbekiston rahbari, doktor Farida hamda Falastinning Özbekistondagi elçixonasiga faqat rahmat aytaman. Ularning körsatgan e’tibori va yordamini heç qaçon unutmayman”, – deydi Mahmud Naim.
Fotima Saloh:
“Şu kungaça nima bölgan bölsa ham, hammasiga şukur deymiz. Hozir tirikligimizning özi katta ne’mat. Qizimni davolaşga yordam berganlarning barçasiga rahmat aytaman. Yaqinda hozir yaşab turgan sihatgohimizdan çiqib ketamiz. Bizga uy, bolalarimizga ta’lim va’da qilişdi. Keragidan ortiq yordam olyapmiz. Bizni ham ruhan, ham jismonan parvariş qilişadi, ovqat berişadi, kiyimlarimizni yuvib berişadi, xonalarimizni tozalaşadi. Qisqasi, komfort şaroitda yaşayapmiz. Men, 6 ta bolam uçun alohida 2 xonali joy berişgan. Odamlar – saxovatpeşa. Kiyimlar berişdi. Köplab sovğalar va şirinliklar taqdim etişdi. Xususan, prezidentning qizi menga telefon hadya qildi. Barça özbekistonliklardan minnatdorman”, – deydi u.
Eslatib ötamiz, falastinlik mehmonlarning jamiyatimizga moslaşa olişlariga yanada yaxşiroq kömak beriş maqsadida joriy yilning 14 avgust kuni bu yönalişda alohida çora-tadbirlardan iborat prezident farmoni qabul qilindi. Hujjatda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh falastinliklarga manzilli yordam körsatiş közda tutilgan. Xususan, ularga ijtimoiy va tibbiy xizmatlar, ta’lim oliş va işga joylaşiş kabi imkoniyatlar berilişi belgilangan.
Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.