«Hizbulloh»ni yöq qiliş maqsadida boşlangan Isroil operatsiyasi Livan janubidagi hududlarni tekislaş missiyasiga aylanib ketdi. Sun’iy yöldoş tasvirlarini örgangan CNN naşri Isroilning Livandagi operatsiyalari Ğazodagi taktikani takrorlayotganini bildirdi.

2 mart kuni, Isroil va AQŞ Eronga qarşi uruş boşlaganidan ikki kun ötgaç, «Hizbulloh» Isroilga qarata raketalar otdi. Buning ortidan Isroil harbiy samolyotlari butun Livan böylab havo hujumlari uyuştirdi, askarlar janubdagi yangi hududlarni egallab oldi. Aprel oyining örtalariga kelib Isroil va Livan örtasida öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişuv imzolanganiga qaramay, uşbu yerusti operatsiyalari davom etmoqda.

Ma’lum bölişiça, yuzlab binolar — ularning aksariyati turar joylar — yo butunlay tekislab taşlangan, yoki yaşaş uçun yaroqsiz holga keltirilgan. Sulh e’lonidan keyin olingan sun’iy yöldoş tasvirlari va videolar buziş işlari şiddat bilan davom etayotganini tasdiqlaydi.

CNN jangovar harakatlar qayta tiklanişi bilan vayronagarçilik kölamini baholaş uçun Airbus tomonidan taqdim etilgan sun’iy yöldoş tasvirlarini tahlil qildi.
 

Aytal-Şab qişloğining avvalgi va 14 apreldagi sun’iy yöldoş tasviri / Foto: Airbus

Naşr hisob-kitoblariga köra, Isroilning mart oyidagi hujumlarining dastlabki ön kunida 22 ta aholi punktidagi 523 ta bino vayron qilgan. Turar joylardan taşqari, Isroil kuçlari masjidlar, dorixonalar, kafelar va avtoservis ustaxonalarini ham yöq qilgan.

Aholi tomonidan olingan videolarda nazorat ostidagi portlatişlar aks etgan.

Sun’iy yöldoş tasvirlari esa allaqaçon şikastlangan hududlarda Isroil buldozerlari va ekskavatorlari işlayotganini körsatadi. Bu esa avval havodan zarba berilgan hududlarga endi quruqlikdagi kuçlar kirib kelayotganidan dalolat qiladi.

Huquqni himoya qiliş guruhlari bong urib, Isroilning harbiy hujumi Ğazoda qöllangan taktikani — öta muhim infratuzilma va soğliqni saqlaş muassasalariga kuçli zarbalar berişdan tortib, jurnalistlarni nişonga oliş va psixologik uruşgaça takrorlayotganidan ogohlantirmoqda.

«Rafah modeli»ga ergaşib

Isroil rasmiylari esa Livan bilan çegara içkarisida uzoq muddatli «xavfsizlik zonasi» yaratiş rejalarini bayon qilgan. Hozirda bu sözning örnida «oldingi mudofaa çiziği hududi», degan atama afzal körilmoqda. Boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil kuçlari Livan içkarisida 10 kilometr masofagaça öz pozitsiyalarini kengaytirişini e’lon qildi.

Naşrning yozişiça, Isroil hukumati yuqori martabali amaldorlari bu nimani anglatişini oçiq aytdi. Xususan, mudofaa vaziri Israel Kats çegara yaqinidagi qişloqlardagi barça uylarni «Rafah va Bayt-Xanun modeli»ga muvofiq yöq qilişga va’da berdi.
 

Rafah – Ğazodan 2 yillik uruşdan söng / Foto: UNRWA

Rafah va Bayt-Xanun — Ğazoning janubiy va şimoliy çekkalaridagi şaharlar bölib, ular ikki yillik genotsid uruşida Isroil kuçlari tomonidan vayronaga aylantirilgandi.

Ötgan hafta sulh e’lon qilinganidan keyin ham Kats öz sözida qat’iy turibdi: u Livan bilan aloqa çiziğidagi qişloqlarni «terrorçilar tayanç nuqtasi» deb atadi va u yerda «uylarni vayron qiliş» davom etişini aytdi. Isroil harbiylarining da’vo qilişiça, «Hizbulloh» qurollarni tinç aholi uylariga joylaştiradi va yaşiradi.

Isroil Mudofaa Kuçlari mulozimlariga köra, Isroil Livanda «sariq çiziq» deb ataladigan tizim joriy qiladi. Isroil harbiylari egallangan hududlarga aholining qaytişi taqiqlanadi.

Bu taktika ham Isroilning Ğazo hududini qayta bosib oliş tajribasidan olingan. Ğazoda bu jarayon 2025 yil oktyabrda xaritadagi vaqtinçalik sariq çiziq — Isroil va Hamas kuçlari örtasidagi ajratilgan belgi edi.

Ammo Tramp vositaçiligida tuzilgan sulhdan bir neça hafta ötgaç, Ğazo yerlarida sariq rangga böyalgan beton bloklar paydo böla boşladi. Naşrning yozişiça, bu holat jarayonga doimiylik tusini berdi. Aholining bu çiziqni kesib ötişi taqiqlangan va unga yaqinlaşgani uçun yuzlab odamlar otib öldirilgan.
 

Isroilning Livan janubidagi «sariq çiziği» / Foto: Al-Jazeera

Isroilning Livan janubidagi yangi «sariq çiziği» ham xuddi şunday ajratuvçi xarakterga ega bölib, 55 ta şahar va qişloqni mamlakatning qolgan qismidan uzib qöyadi. IDF Livan aholisiga öz uylariga qaytmaslikni buyurgan va sariq çiziqqa yaqinlaşayotgan odamlarga bir neça bor öt oçgan.

Millionlab qoçqinlar paydo böldi

Livan janubidagi aholi uçun bu uruş navbatdagi fojia – majburiy köçiş böldi. Xalqaro taşkilotlar ma’lumotlariga köra, 1,3 millionga yaqin livanlik öz uyini tark etgan. Ularning aksariyati 2024 yilda ham öz uylaridan qoçişga majbur bölgandi.

«Sargardonlikda fojia hissi bor. Xotiralaringizni, uyingizni, öz qöllaringiz bilan ekkan va östirgan hamma narsangizni taşlab ketiş juda oğir», dedi ana şunday insonlardan biri – 62 yoşli Hasan Rammal.
 

Butunlay tekislangan Xiyom markazi – 22 apreldagi sun’iy yöldoş tasviri / Foto: Airbus

Özlari uruş hududidan çiqib ketganidan köp ötmay, Rammal uyi vayron bölgani haqida xabar topgan: «Xuddi kimdir mening ruhim va hayotimni xotiralarimdan mahrum qilgandek böldi», deydi u CNN bilan suhbatda.

Isroil bilan çegaradan 5 kilometr şimolda joylaşgan Xiyom şahrida ham yaşil hududlar jigarrang tusga kirgan. 22 apreldagi tasvirlarda hududda Isroil buldozerlari işlayotgani körinadi.

«Hizbulloh» sulhni tan olmadi

Ikki yil oldin ham Ğazodagi uruş ortidan «Hizbulloh» va Isroil töqnaşuvga kirişib, uruş sulh bilan yakunlangan edi. Ammo 2024 yil noyabridagi sulhdan keyin Isroil Livan janubida harbiy iştirokini saqlab qoldi. Tahlillarga köra, 2026 yil yanvarigaça Isroil bu hududlarda törtta yangi tayanç nuqtalar örnatgan bölişi mumkin.

Yaqin Şarq böyiça mutaxassis Jyeremi Binni naşrga aytişiça, Isroil harbiylari Livan hududini yaxşiroq kuzatiş uçun öz iştirokini kengaytirmoqda. Bu Isroilning yangi «xavfsizlik zonasini» uzoq muddat egallab turiş rejalariga mos keladi. Biroq mamlakat içkarisida qöşimça pozitsiyalar quriş isroillik askarlarni partizanlik hujumlari oldida himoyasiz qoldirişi mumkin.
 

Janubiy Livandagi portlaşlar / Foto: Reuters

Öz navbatida «Hizbulloh» Isroil qöşinlari çiqib ketmagunça sulhni tan olmasligini aytib, «bosqinçi bilan kuraşiş va uni öz yerlaridan haydab çiqariş»ga qasam içdi.

Bugunga kelib Livan janubidagi 600 ming aholining kelajagi noaniqligiça qolmoqda: ular uylariga qayta oladimi va qaytişga uyning özi qoladimi, buni heç kim bilmaydi.