Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Shuningdek, AQSh prezidenti fikriga ko‘ra, Putin Ukraina prezidentini yoqtirmaydi va shu tufayli u bilan uchrashishni istamayapti.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni «shaxsiy» deb atadi va uni to‘xtatishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Menga eng oson bo‘lib tuyulgan muammolardan biri, to‘g‘risini aytsam, Rossiya va Ukraina bo‘ldi. Ammo bu, ma’lum bo‘lishicha, jiddiy shaxsiy nizo bilan bog‘liq. Shunday. Ammo biz oxir-oqibat buni to‘xtatamiz», dedi Tramp tafsilotlarga to‘xtalmasdan.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti fikriga ko‘ra, Putin Ukraina prezidentini yoqtirmaydi va shu tufayli u bilan uchrashishni istamayapti.
«Nima uchun Putin Zelenskiy bilan uchrashishni istamayapti?», deb so‘radi jurnalist.
«Uni yoqtirmaydi. Uni yoqtirmaydi», deb javob berdi Tramp.
Tramp, shuningdek, AQSh «endi Ukrainaga pul sarflamayotganini» va Ukraina armiyasi uchun qurol-yarog‘ sotib olish bo‘yicha barcha muzokaralar NATO orqali olib borilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:40
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49