Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangi iPhone 17 va boshqa qurilmalar taqdimoti sanasini ma’lum qildi
Mish-mishlarga ko‘ra, sentabr oyidagi tadbirning asosiy yangiligi Apple tarixidagi eng ingichka smartfon – iPhone 17 Air bo‘ladi.
Foto: Reuters
Apple kompaniyasining navbatdagi katta taqdimoti 9 sentabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. Onlayn tadbir Awe Droping (Og‘zingiz ochilib qoladi) deb nomlandi, ya’ni ajoyib, hayratlanarli.
Tadbir davomida Apple kompaniyasi iPhone 17 lineykasidagi smartfonlar, Apple Watch Series 11 va Apple Watch Ultra 3 smart-soatlari, shuningdek, AirPods Pro 3-avlodini taqdim etishi kerak.
Mish-mishlarga ko‘ra, sentabr oyidagi tadbirning asosiy yangiligi unchalik mashhur bo‘lmagan Plus oilasi o‘rnini bosadigan iPhone 17 Air bo‘ladi. Smartfonning asosiy xususiyati rekord darajadagi qalinlik bo‘ladi - manbalar 5,5 mm haqida gapirmoqda - bunday ingichka iPhone hech qachon ishlab chiqarilmagan.
O‘z navbatida, iPhone 17 Pro/17 Pro Max olti yil ichida birinchi marta yangi dizayni bilan hayratda qoldiradi. Yangi modul orqa panelning butun kengligi bo‘ylab cho‘ziladi. Obektivlarning joylashuvi o‘zgarmaydi, ammo Flash va LiDAR o‘ng tomonga suriladi.
Shuningdek, Apple kuzgi tadbir doirasida iOS 26, watchOS 26 va boshqa operatsion tizimlarning chiqish sanasini e’lon qiladi.
Mavzuga oid
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
08:34 / 06.03.2026
MacBook Neo - Apple’ning eng hamyonbop yangi noutbugi
21:57 / 04.03.2026
Apple eng arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi
20:59 / 04.03.2026