O‘zbekiston | 14:19 / 26.08.2025
3164
2 daqiqa o‘qiladi

Kafolatlar beruvchi tashkilotlar faoliyati tartibi tasdiqlandi

Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: iStock

Ushbu hujjat jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tashkilotlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha kafolat berishni professional tarzda amalga oshiradigan yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish tartibini belgilaydi. Nizom kafolat berish tizimidagi moliyaviy xatarlarni kamaytirish, ushbu tashkilotlar faoliyatining oshkoraligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan.

Hujjatning asosiy qoidalari:

  • Kafolat beruvchi tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan doirada kafolat berish, kredit tashkilotlariga moliyaviy resurslar taqdim etish va boshqa xizmatlarni professional asosda ko‘rsatish huquqiga ega;
  • xatarlarni boshqarish bo‘yicha minimal talablar belgilangan, jumladan:
  • moliyaviy resurslar va kafolat portfelini muntazam tahlil qilish,
  • ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish,
  • ichki nazorat va audit tizimini tashkil etish;
  • aktivlarni tavakkalchilik darajasiga qarab toifalash tizimi joriy etilgan: “standart”dan “umidsiz”gacha bo‘lgan toifalar bilan. Bu asosda ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun rezervlar shakllantiriladi;
  • tashkilotlar belgilangan muddatlarda Markaziy bankka hisobot taqdim etishi shart. Yillik moliyaviy hisobot majburiy tarzda tashqi auditdan o‘tkazilishi va oshkora e’lon qilinishi lozim.

Prudensial normativlar joriy etildi:

  • kapital yetarlilik koeffitsiyenti – kamida 10 foiz;
  • likvidlikni qoplash koeffitsiyenti – kamida 100 foiz;
  • bitta qarz oluvchi va bog‘liq tomonlar uchun maksimal tavakkalchilik darajasi bo‘yicha cheklovlar;
  • boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlariga investitsiyalar uchun limit - o‘z kapitalining 20 foizidan oshmasligi kerak.

Mavzuga oid