Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha rahbari ukrainaliklar uchun imtiyozlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi
Karol Navrotskiy ukrainalik qochqinlar uchun ijtimoiy nafaqalarni uzaytirish haqidagi qonun loyihasini blokladi. Shu sababli Ukraina Qurolli kuchlari Starlink'dan foydalanish imkoniyatidan ham mahrum bo‘lishi mumkin.
Polsha prezidenti Karol Navrotskiy mamlakatdagi ukrainalik qochqinlar uchun ijtimoiy nafaqalarni uzaytirish haqidagi qonun loyihasiga veto qo‘ydi. Bu haqda 25 avgust, dushanba kuni Wiadomości va Interia nashrlari xabar berdi.
Shu bilan birga, Polsha rahbari Rodzina 800+ davlat dasturining shartidan noroziligini bildirdi, unga ko‘ra, chet ellik oilalar har bir bola uchun oyiga 800 zlotiy (188 yevro) olishi mumkin. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bunday to‘lovlar faqat ishlaydigan ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Qonun loyihasi avvalroq Polsha hukumati taklifi bilan Seym (parlamentning quyi palatasi) tomonidan qabul qilingan edi. Hujjat, xususan, ukrainaliklarning Polshada vaqtinchalik himoyalanish maqomini 2026 yilning martigacha uzaytirish hamda bir qator boshqa choralarni nazarda tutgan. Uzaytirilmasa, ular sentabr oyi oxirida tugaydi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026