Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jinping Xitoy harbiy rahbariyatida Mao davridan beri eng yirik «tozalash» o‘tkazdi
Armiyadagi o‘zgarishlar va repressiyalar yordamida Si o‘z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlayotgani ta’kidlanmoqda.
Si Jinping Xitoy raisligidagi uchinchi muddati davomida ilgari shaxsan tayinlagan 79 nafar generaldan 14 nafari omma e’tiboridan g‘oyib bo‘lgan yoki tergovga tortilgan, deb yozdi Bloomberg. Agentlikning qayd etishicha, uning o‘tmishdoshlari hokimiyat tepasida bo‘lgan 20 yil ichida birorta ham bunday holat kuzatilmagan.
Markaziy harbiy kuchlar boshlig‘ining o‘rinbosari Xe Veydun g‘oyib bo‘lgan eng yuqori martabali generaldir. Unga aynan nima bo‘lgani noma’lum. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, unga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ish ochilgan, biroq bu rasman tasdiqlanmagan.
Tozalashlar oqibatida Xitoy armiyasining oliy kollegial organi - Markaziy harbiy kengashda yetti a’zodan faqat to‘rt nafari qoldi - bu Mao Tszedun davridan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Bloomberg nashriga ko‘ra, armiyadagi o‘zgarishlar va repressiyalar yordamida Si o‘z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlamoqda. Shu bilan birga, tahlilchilarning fikricha, asosiy harbiy rahbarlarning chetlatilishi qurolli kuchlarning tayyorgarligini, jumladan, Tayvan bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarligini shubha ostiga qo‘yishi mumkin.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026