Jahon | 13:49 / 28.08.2025
1297
2 daqiqa o‘qiladi

Google Google Meet ishidagi uzilishlarga aloqadorligini rad etdi

Bir hafta ichida Google Meet'dagi ikkinchi uzilishlar Google tomonidagi texnik muammolar tufayli yuzaga kelmadi, deya ta’kidlamoqda kompaniya.

Foto: Timon Schneider/Zoonar/IMAGO

Google 27 avgust, chorshanba kuni Rossiyada Google Meet video-konferens-aloqa xizmatidagi uzilishlar kompaniya tomonidagi texnik muammolar tufayli yuzaga kelmagani haqida ma’lum qildi.

«Biz Rossiyada foydalanuvchilarning Google Meet'ga kirishi bilan bog‘liq muammolardan xabardormiz. Bu Google tomonidagi texnik muammolar bilan bog‘liq emas», — deya kompaniyaning javobidan iqtibos keltiradi RBK agentligi. Biroq, Roskomnadzor bu xizmat ishini cheklamaganini da’vo qilmoqda.

Google Meet'dagi yirik uzilishlar Rossiyada bir hafta ichida ikkinchi marta qayd etildi. DownDetestor veb-saytidagi muammolar haqida xabarlarning eng yuqori nuqtasi Moskva vaqti bilan tushda sodir bo‘ldi. Kun davomida jami 1500 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Foydalanuvchilar veb-sayt yoki ilova ochilmagani, qo‘ng‘iroqlar va ovozlar ishlamayotganini yozgan.

22 avgust kuni uzilishlar vaqtida xizmat faoliyati yuzasidan 2300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Eng keng tarqalganlari orasida veb-saytdagi nosozliklar, mobil ilovalar va shaxsiy kabinet bilan bog‘liq muammolar bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid