Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel: Qochqinlarni qabul qilish qaroriga muqobil variant bo‘lmagandi
2015 yilda Germaniya Yaqin Sharqdan kelgan yuz minglab qochqinlarni qabul qilishda boshqacha harakat qila olmasdi, deb hisoblaydi Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel.
Foto: Johannes Simon/Getty Images
Germaniya hukumatining 2015 yilda Yaqin Sharqdan bir necha yuz ming qochqinni qabul qilish qaroriga «muqobil variant yo‘q edi», dedi Germaniya hukumatining sobiq rahbari Angela Merkel 27 avgust, chorshanba kuni Augsburger Allgemeine gazetasi tomonidan tashkil etilgan oqshomda. «Biz chegaraga suv purkagichlar bilan borarmidik? O‘shanda qadriyatlarimizga nima bo‘lardi?» — dedi Merkel 2015 yilda urushdan qochgan yuz minglab Suriya fuqarolarini qabul qilish qarori haqida gapirar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlinning migratsiya siyosatida «e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan kamchiliklar mavjud», biroq «kelganlarning ko‘pchiligi ham nimagadir erishgan». «Albatta, jarayon hali yakunlangani yo‘q, ko‘p narsa yaxshilandi, lekin hali qiladigan ishlarimiz ko‘p», — dedi Merkel. U 2015 yilda Germaniyani tark etishga majbur bo‘ladiganlarni chiqarib yuborish qanchalik qiyin bo‘lishini oldindan ko‘ra bilmaganini tan oldi. Migratsiya muammolariga Yevropa darajasida birgalikda qarshi turish kerak va «bizning Yevropa Ittifoqimiz zaiflashmasligi kerak, chunki biz umumiy yechim topa olmayapmiz», dedi sobiq kansler.
O‘n minglab qochqinlar 2015 yilning yozida Germaniyaga «Bolqon yo‘li» deb atalgan yo‘lak orqali kirib kelgan. O‘sha yili mamlakatga yo‘l olgan muhojirlarning umumiy soni 800 ming kishini tashkil qilgan. Xristian-demokratik ittifoqning o‘sha paytdagi raisi va Germaniya kansleri Angela Merkel ko‘pchiligi Suriyadan bo‘lgan yangi kelganlarga mamlakat kirishga ruxsat berishni buyurib, «Biz buni uddalaymiz» (Wir schaffen das), deya ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:47
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
16:30 / 04.12.2025