Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Zelenskiy uchrashuvi bo‘lmaydi – Mers
Germaniya kansleri Rossiya va Ukraina rahbarlarining ehtimoliy uchrashuvi haqida keskin bayonot berdi.
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi bo‘lmaydi, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers.
«Albatta, o‘tgan hafta prezident Tramp va prezident Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lganidek, prezident Zelenskiy va prezident Putin o‘rtasidagi uchrashuvgacha ish yetib bormaydi», dedi u.
Mers boshqa tafsilotlarga to‘xtalmadi, uning bayonoti Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bo‘lgan uchrashuvda yangradi.
Avvalroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini, ammo buning sharti borligini ta’kidlagan edi: oliy darajada ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan barcha masalalar oldindan hal etilishi kerak.
Mers bayonoti Kiyevga Rossiyaning tungi zarbalaridan keyin yangradi. 27 avgustdan 28 avgustga o‘tar kechasi va 28 avgust kuni ertalab shaharda ikki marta havo trevogasi e’lon qilindi. Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, tungi portlashlar tufayli transport harakati qisman to‘xtatilgan, poytaxtda esa yong‘inlardan chiqqan tutun tarqalgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026