Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Kiyevga yordam sababli YeIga qarshi da’vo bilan chiqdi
Vengriya Yevropa Ittifoqining Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlarni Ukrainaga yordam berish uchun ishlatish qaroridan norozi.
Vengriya hukumati Bryusselning muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirish uchun foydalanish to‘g‘risidagi qarori ustidan Yevropa Ittifoqi sudiga murojaat qildi, deb xabar berdi Portfolio 27 avgust, chorshanba kuni.
Budapeshtning Yevropa Ittifoqi kengashi va Yevropa tinchlik jamg‘armasiga qarshi da’vo arizasi iyul oyida berilgan, sud tomonidan 25 avgust kuni ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan va Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgan.
Da’vo Yevropa Kengashining 2024 yil may oyidagi qaroriga taalluqli. O‘shanda YeI rasmiylari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan deyarli barcha daromadlarni Yevropa tinchlik jamg‘armasiga o‘tkazishga qaror qildi va bu fonddan YeI a’zolari Ukrainaga harbiy yordami uchun tovon puli to‘laydi. Bu yiliga 3 milliarddan 5 milliard yevrogacha daromad olish uchun doimiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Vengriya qaror ovoz berish tartib-qoidalarisiz qabul qilingan va Budapeshtning vetosi Vengriya «yig‘im to‘lovchi a’zo davlat» emasligi sababli e’tiborga olinmagan deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026