Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Livan janubidagi «moviy dubulg‘alilar» missiyasini yakunlayapti
BMT Xavfsizlik kengashi qaroriga ko‘ra, Livan janubidagi BMT tinchlikparvar missiyasi 2026 yil oxirida yakunlanadi.
Foto: Thaier Al-Sudani/REUTERS
BMTning Livan janubidagi tinchlikparvar missiyasi Isroil va Livan o‘rtasidagi «moviy chiziq» deb atalmish hududda patrullik qilishni 2026 yil oxirida yakunlaydi. Bunday qaror BMT Xavfsizlik kengashining Nyu-Yorkdagi yig‘ilishida qabul qilindi, deya xabar beradi tashkilot sayti 28 avgust, payshanba kuni.
BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan tinchlikparvar kuchlarning mandatini 2026 yil 31 dekabrgacha — missiya tarixidagi so‘nggi muddatga uzaytirish to‘g‘risida ovoz berdi. BMT rezolyutsiyasida aytilishicha, uning muddati tugagach, Livan hukumati bilan yaqin hamkorlikda missiyaning tashkiliy «xodimlarini qisqartirish va olib chiqish» boshlanadi. Bir yil ichida olib chiqish amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritdi BMT.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) mamlakatda 1978 yildan buyon faoliyat yuritadi va 10 000 dan ortiq harbiy va fuqarolik xodimlaridan iborat. U Isroil va Livan o‘rtasida bufer bo‘lib xizmat qilish uchun yaratilgan. 2006 yilda Livanning «Hizbulloh» harakati va Isroil o‘rtasidagi urushdan so‘ng, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi asosida tinchlikparvar kuchlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
09:41 / 15.04.2026