Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratik islohotlar yo‘lidan aslo ortga qaytmaymiz - Shavkat Mirziyoyev
“Oldimizda qanday sinovlar paydo bo‘lmasin, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, xalqimizni rozi qilish yo‘lidan aslo ortga qaytmaymiz”, – dedi prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaydi, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev milliy istiqlolning 34 yilligi munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigida.
“Oldimizda qanday sinov va mashaqqatlar paydo bo‘lmasin, biz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xalqimizni rozi qilish yo‘lidan aslo ortga qaytmaymiz. Boshlagan buyuk ishlarimizni albatta oxiriga yetkazamiz”, – dedi davlat rahbari Yangi O‘zbekiston bog‘idagi tantana oldidan so‘zlagan nutqida.
“Afsuski, dunyoda turli tahdid va xatarlar ko‘p. Ammo ularga qarshi birgalikda, bir tanu bir jon bo‘lib kurashsak, albatta yengamiz”, – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi siyosat pozitsiyasi qandayligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
“Eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqamiz.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan an’anaviy, keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalarini yanada kengaytiramiz.
AQSh, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy aloqalarni mustahkamlaymiz.
Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun transport-logistika yo‘laklarini yaratishga alohida e’tibor qaratamiz.
Afg‘oniston mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili ekanidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning hukumati bilan konstruktiv va amaliy hamkorlik olib borish zarur, deb bilamiz.
Biz Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari bilan yaqin hamkorlik ham doimiy e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:34 / 19.11.2025
Markaziy Osiyo taqdirida yangi davr boshlandimi? Ozarboyjonning qo‘shilishi nimadan darak?
21:05 / 28.10.2025
“Iqtisodiy jihatdan juda muhim kelishuv” - tahlilchilar YeI bilan yangi bitim haqida
12:34 / 25.10.2025
Yevropa Ittifoqi bilan yangi bitim: u nima haqda va qachon kuchga kiradi?
20:46 / 09.10.2025