16 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Progressiv islohotlar markazi, Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Taşqi siyosiy tadqiqotlar markazi hamda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti hamkorligida “Özbekistonning içki modernizatsiyasi va taşqi siyosiy salohiyati: iqtisodiy transformatsiya, inson kapitalini rivojlantiriş va xalqaro mavqeini mustahkamlaş” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga murojaatnomasida belgilangan yangi taraqqiyot bosqiçining ustuvor yönalişlarini muhokama qilişga bağişlandi.
Unda iqtisodiy transformatsiya, inson va ijtimoiy kapitalni rivojlantiriş, oçiq va raqobatbardoş bozor muhitini şakllantiriş masalalari – Özbekistonning içki taraqqiyoti bilan bir qatorda taşqi siyosiy sub’yektligi va xalqaro mavqeyini mustahkamlaşning muhim omillari sifatida atrofliça körib çiqildi.
Tadbirda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, diplomatik tuzilmalar, tahliliy markazlar hamda akademik doiralar vakillari iştirok etdilar. Davra suhbatining oçiliş marosimida Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, Progressiv islohotlar markazi direktori Mirşohid Aslanov, Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Taşqi siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Sanjar Valiyev hamda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Akram Umarov sözga çiqdi.


Davra suhbati uçta tematik sessiya doirasida taşkil etildi. Birinçi sessiya samarali davlat boşqaruvi va xavfsiz taşqi siyosiy muhitni şakllantiriş masalalariga bağişlandi. Ikkinçi sessiyada raqobatbardoş iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş, iqtisodiy ösiş, investitsiyalar hamda makroiqtisodiy barqarorlikning taşqi siyosatdagi örni muhokama qilindi. Uçinçi sessiya doirasida esa ijtimoiy kapital, jamiyat farovonligi va inson salohiyatining “Yangi Özbekiston” taraqqiyotidagi hal qiluvçi ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi.
Muhokamalar davomida iştirokçilar Özbekistonning xalqaro muloqot va hamkorlik maydonidagi örni tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.











