Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers va Makron o‘z mamlakatlari munosabatidagi «yangi sahifa» haqida ma’lum qildi
Fransiya-Germaniya munosabatlarining «muvaffaqiyatli qayta boshlanishi» Yevropa Ittifoqini mustahkamlash uchun harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin, deya ishonch bildirdi Germaniya va Fransiya rahbarlari.
Foto: AP
Germaniya kansleri Fridrix Mers va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘z mamlakatlari hamkorligidagi «yangi sahifa» haqida kelishib oldi. Bu haqda mamlakatlar yetakchilari 28 avgust, payshanba kuni Makronning Moviy qirg‘oqdagi Fort-de-Breganson yozgi qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Fransiya prezidenti Fransiya-Germaniya munosabatlarining «muvaffaqiyatli qayta boshlanishi» Yevropa Ittifoqini mustahkamlash uchun harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. «Men nemis-fransuz tandemi bugungi kunda iqtisodiy, savdo va valuta sohalarida kuchliroq Yevropani qurish, shuningdek, Rossiya Ukrainada boshlagan urushda o‘zining geosiyosiy mavqeyini tasdiqlovchi Yevropa va bu chaqiriqlarni qabul qilib, o‘z mudofaasini ta’minlash uchun qayta qurollantirishga qaror qilgan Yevropani yaratish uchun ideal tarzda uyg‘unlashtirishiga ishonaman», dedi Makron.
Mers, o‘z navbatida, Germaniya va Fransiyani Yevropa Ittifoqining «o‘qi» deb atadi va agar barcha 27 a’zo davlat birlashsa, Yevropa Ittifoqi «dunyoda – iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik sohasida omilga aylanishi»ni ta’kidladi. «Germaniya va Fransiya ushbu Yevropa Ittifoqida, ushbu Yevropa qit’asida markaziy rol o‘ynaydi», dedi Mers.
Mavzuga oid
12:57
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
14:35 / 22.12.2025
Parij Putinning Makron bilan muloqotga tayyorligini olqishladi
14:19 / 22.12.2025
Germaniya 2025 yilda oilani birlashtirish bo‘yicha 100 mingdan ortiq viza berdi
14:02 / 22.12.2025