Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni aytildi
2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida jami 223 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bugungacha 100 ta qo‘shma korxona va 123 ta to‘liq xorijiy korxona ro‘yxatga olingan. Ushbu ko‘rsatkich joriy yil boshidan buyon nemis kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 13 taga ko‘payganini anglatadi.
Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalarning geografiyasi O‘zbekiston hududlarini qamrab oladi. Xususan, nemis biznes ishtirokidagi korxonalarning eng katta qismi poytaxt Toshkent shahrida joylashgan. Ular 156 tani tashkil etadi.
Shuningdek, Toshkent (21 ta), Samarqand (15 ta), Farg‘ona viloyatida (8 ta), Buxoro viloyatida (6 ta), Namangan (5 ta), Jizzax (3 ta), Andijon (2 ta), Qashqadaryo (2 ta) Navoiy (2 ta) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 ta) faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
11:55 / 10.07.2026