Jahon | 22:04 / 29.08.2025
5973
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kamala Harrisni davlat muhofazasidan mahrum qildi

Harrisning davlat qo‘riqlovidan mahrum etilishi uning agentlar tomonidan kecha-yu kunduz kuzatuvsiz qolishini anglatadi.

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident va saylovdagi raqibi Kamala Harrisni davlat muhofazasidan mahrum qildi, deb xabar berdi CNN.

Qonunga ko‘ra, sobiq vitse-prezident Maxfiy xizmat himoyasidan 6 oy davomida foydalanish huquqiga ega - Harris uchun bu muddat 21 iyulda tugadi. Biroq Jo Bayden vakolat muddati tugashi arafasida Harrisning qo‘riqlash xizmatini yana bir yilga uzaytirgan edi.

Tramp o‘zining yangi farmoni bilan Baydenning avvalgi farmonini bekor qildi. Harrisning davlat qo‘riqlovidan mahrum etilishi uning agentlar tomonidan kecha-yu kunduz kuzatuvsiz qolishini anglatadi. Shuningdek, Maxfiy xizmat uning ijtimoiy tarmoqlarini potensial tahdidlar nuqtai nazaridan tahlil qilishni to‘xtatadi.

Harrisning qo‘riqlovdan mahrum etilishi uning «107 kun» kitobi taqdimoti boshlanishiga to‘g‘ri kelmoqda. Unda 2024 yilgi saylovga tayyorgarlik jarayoni haqida hikoya qilinadi. 23 sentabr kuni shu munosabat bilan sobiq vitse-prezident AQSh bo‘ylab gastrol safariga chiqadi.

Mavzuga oid