Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy qonunga «rashizm» atamasini kiritdi
Atama rus shovinizmi, imperializmi hamda kommunistik va natsistik amaliyotlar elementlarini o‘zida mujassam etgan gibrid totalitar mafkura sifatida ta’riflandi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy milliy xotira bo‘yicha davlat siyosati asoslarini mustahkamlaydigan va birinchi marta rasman «rashizm» atamasini tan oladigan qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, hujjat milliy xavfsizlikning asosiy elementlaridan biri sifatida tarixiy xotirani belgilaydi va bir qator tushunchalarning rasmiy ta’riflarini kiritadi, jumladan: «Ukraina mustaqilligi uchun urush», «milliy xotira», «Ukrainaga qarshi tarixiy targ‘ibot», «ukrain xalqiga qarshi jinoyatlar».
Asosiy yangiliklardan biri «rashizm» atamasining mustahkamlanishi bo‘lib, u rus shovinizmi, imperializmi hamda kommunistik va natsistik amaliyotlar elementlarini o‘zida mujassam etgan gibrid totalitar mafkura sifatida ta’riflandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026