Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Putin to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga o‘zini faqat tayyordek ko‘rsatdi
Germaniya kansleri Vladimir Putin o‘zini Volodimir Zelenskiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga tayyordek ko‘rsatgan deb hisoblaydi. Mersning fikricha, Ukrainadagi urush «yana ko‘p oylar davom etishi» mumkin va yevropaliklar bunga tayyor bo‘lishi kerak.
Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «yana ko‘p oylar davom etishini» inkor etmadi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari 29 avgust, juma kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Tulonda Germaniya va Fransiya hukumatlararo maslahatlashuvlari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Mersning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini faqat Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaraga tayyordek ko‘rsatgan. «Men birgalikda – biz, ya’ni yevropaliklar Amerika hukumati bilan birgalikda keyingi qadamlarni har tomonlama muhokama qilishimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlayman», — deya Germaniya kansleri so‘zlarini keltirmoqda dpa.
«Agar Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv dushanba kunigacha bo‘lib o‘tmasa, Putin (AQSh prezidenti Donald) Trampni aldagani ma’lum bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Makron va kelgusi dam olish kunlari Mers bilan birgalikda Oq uy rahbari bilan buni muhokama qilish niyatida ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25 / 09.06.2026