Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Ukrainaga tungi zarbalari: bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi
Zaporijjyaga qilingan hujum natijasida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi. Dnipro va Pavlogradda portlashlar qayd etilgan.
Foto: State Emergency Service of Ukraine/REUTERS
Rossiya qo‘shinlari 30 avgust, shanbaga o‘tar kechasi Ukrainaga hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan hujum uyushtirdi, deb xabar berdi Ukraina havo kuchlari. Aksariyat hududlarda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ayniqsa, Zaporijjya va Dniproga kuchli zarba berildi.
«Zaporijjyaga kamida 12 ta zarba rossiyaliklar tomonidan ommaviy hujum paytida amalga oshirildi», deb yozdi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov Telegramʼda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi, jumladan bir bola jarohatlangan. Xususiy uylar vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli uylar va sanoat binolari zarar ko‘rgan.
Dnipropetrovsk OHM rahbari Sergey Lisak Dnipro va Pavlograddagi portlashlar haqida xabar berdi. Zarba oqibatlari haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
19:12
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
09:35
Moskvaga dronlar bilan ommaviy hujumlar davom etmoqda
14:26 / 16.03.2026
Krasnodarda dronlar hujumi neft bazasida yong‘inga sabab bo‘ldi
13:56 / 16.03.2026