O‘zbekiston | 22:05 / 31.08.2025
4090
3 daqiqa o‘qiladi

Putin, Tramp, Si Jinping va boshqa qator davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni mustaqillik bayrami bilan tabriklashdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kelib tushayotgan maktublarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar strategiyasining natijalari, mintaqada do‘stlik, sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat yuqori baholanmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani alohida qayd etilgan.

Qutlovlarda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Jinping, AQSh prezidenti Donald Tramp, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedov, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdo‘g‘an, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Koreya prezidenti Li Chje Myon, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer, Italiya prezidenti Serjo Mattarella, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad ibn Salmon Ol Saud, Pokiston prezidenti Asif Ali Zardariy, BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri o‘rinbosari, prezident Administratsiyasi rahbari Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon, Bolgariya prezidenti Rumen Radev, Irlandiya prezidenti Maykl Xiggins, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar, Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini, Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs, Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich, Chexiya prezidenti Petr Pavel, Shveytsariya prezidenti Karin Keller-Zutter, Estoniya prezidenti Alar Karis, Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili, Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisi Jyelko Komshich, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qiroli Charlz III, Yaponiya imperatori Naruxito, Belgiya qiroli Filipp, Ispaniya qiroli Filipp VI, Marokash podshohi Muhammad VI, Kamboja podshohi Norodom Siamoni, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Singapur prezidenti Tarman Shanmugaratnam, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Liong Kiong, Tailand bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pxumtxam Vechayachay, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Afg‘oniston bosh vaziri Muhammad Xasan Ohund hamda qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari samimiy tilaklarini yo‘llagan.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid