Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uni hech narsa to‘xtatolmaydi». Tramp o‘z o‘limi haqidagi xabarlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqda sirli post joylashtirdi
Donald Tramp bu post nima bilan bog‘liqligiga aniqlik kiritmagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida g‘ayrioddiy surat joylashtirdi. Unda Oq uy rahbari Yer shari fonida tasvirlangan bo‘lib, Trampning chap qo‘li ustida Q+ belgisi aks etgan.
Surat ustiga «Dunyo tez orada tushunadi. Kelayotgan narsani hech narsa to‘xtatolmaydi», deb yozilgan. Tramp bu post nima bilan bog‘liqligiga aniqlik kiritmagan.
Ammo suratdagi iboradan Qanon konspirologik nazariyasi tarafdorlari tez-tez foydalanishadi. Ularning ishonishicha, dunyoni demokratik partiyaning iblisga sig‘inadigan yetakchilaridan iborat pedofillar guruhi nazorat qiladi. Tramp esa AQSh harbiy rahbariyatining iltimosiga ko‘ra ularga qarshi kurashmoqda.
Ushbu post Trampning o‘limi haqida tarqalgan xabarlardan ikki kun o‘tgach, ShHT sammitining birinchi kunida e’lon qilindi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Donald Trampning o‘limi haqidagi xabarlar shiddat bilan tarqalgandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
19:37 / 01.07.2026